date

Qoraqalpog‘istonda tuz qayta ishlash zonasi tashkil etiladi

Qoraqalpog‘istonda tuz qayta ishlash zonasi tashkil etiladi
Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida Kungrad Salt Free Zone nomli sanoat zonasi ishga tushiriladi. Bu zona Barsakelmes konidan qazib olinadigan tuzni qayta ishlashga ixtisoslashadi.

Davlat rahbari qaroriga ko‘ra, 2026-yilda kamida 50 million dollar investitsiya jalb qilish, 2030-yilgacha esa jami 200 million dollar miqdorida investitsiya kiritish rejalashtirilmoqda. Loyihaning birinchi bosqichi 2025–2026-yillarda amalga oshiriladi va dastlabki ishlar 50 gektarlik hududda boshlanadi.

Keyinchalik zona hududi 200 gektargacha kengaytirilishi mumkin. Kungrad Salt Free Zone hududida faoliyat boshlaydigan tadbirkorlarga besh yil davomida «Nukus» erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi.

Bu esa ularga qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qoraqalpog‘istonda tuz qayta ishlash zonasi tashkil etiladi