date

O‘zbekistonda 9 oy ichida eng ko‘p chaqaloq qaysi hududda tug‘ilgani aniqlandi

O‘zbekistonda 9 oy ichida eng ko‘p chaqaloq qaysi hududda tug‘ilgani aniqlandi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda jami 664,6 mingta tug‘ilish qayd etilgan.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelib, bu yerda 80 903 ta chaqaloq dunyoga kelgan. Keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo viloyati (75 116 ta) va Farg‘ona viloyati (74 614 ta) joy olgan.

Shuningdek, Surxondaryoda 61 128 ta, Andijonda 60 131 ta, Namanganda 57 881 ta tug‘ilish qayd etilgan. Toshkent viloyatida 49 007 ta, Toshkent shahrida esa 47 703 ta chaqaloq tug‘ilgan.

Eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyatida (18 594 ta) va Sirdaryo viloyatida (15 879 ta) kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ayol besh qizdan so‘ng to‘rt egizak qizaloqni dunyoga keltirgani haqida xabar berilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 9 oy ichida eng ko‘p chaqaloq qaysi hududda tug‘ilgani aniqlandi