
Toshkent shahrida Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlar 2025 yil 25 dekabrdan 2026 yil 10 yanvargacha o‘tkaziladi. Asosiy bayram dasturlari har kuni soat 11:00 dan 23:00 gacha Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi maydonida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, bayram tadbirlari shaharning turli tumanlarida ham tashkil etiladi. Yunusobodda Riksiliy 24/7 gastronomik ko‘chasi, Bektemirda “Compass” savdo majmuasi va “Coca-Cola Garden” bog‘i, Mirobodda Taras Shevchenko 24/7 ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek tumanida “Central Park” va “Yangi O‘zbekiston bog‘i” bayram manzillari sifatida belgilangan.
Chilonzorda “Dream Park”, “Humo Arena”, “Magic City” va Al-Xorazmiy 24/7 ko‘chasi, Shayxontohurda “Anhor Lokomotiv” bog‘i hamda “Tashkent City” majmuasi, Yashnobodda “Ashxobod” sayilgohi, Yakkasaroyda “NEXT” savdo majmuasi, Yangihayotda esa Mehrigiyo 24/7 ko‘chasi ham bayram tadbirlari uchun ochiq bo‘ladi.
Bayram kunlari konsertlar, ko‘rgazmalar va turli ko‘ngilochar dasturlar tashkil etiladi. Tadbirlar haqida batafsil ma’lumot Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatida e’lon qilingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.