
Endilikda davlat byudjeti hisobidan tibbiy yordamni O‘zbekistondagi davlat va xususiy tibbiyot muassasalarida olish mumkin. Ushbu qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, tuman va shahar darajasida barcha fuqarolarga bepul yordam taqdim etiladi, respublika darajasida esa faqat imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlar uchun mo‘ljallangan. Byudjet hisobidan davolanish uchun o‘z poliklinikangizga murojaat qilishingiz zarur.
Oilaviy shifokor tekshiruv o‘tkazib, zarurat bo‘lsa, bemorni tor mutaxassisga yo‘naltiradi. Mutaxassis bemorni bir ish kuni ichida qabul qilishi shart.
Agar statsionar davolanish zarur bo‘lsa, shifokor elektron tizim orqali tuman yoki shahar darajasidagi kasalxonaga yo‘llanma rasmiylashtiradi. Respublika muassasalarida davolanish uchun yo‘llanma maxsus tibbiy komissiya tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar