date

Montana shtati biznesi O‘zbekistonga keladi


O‘zbekiston va AQSh Montana shtatidan biznes-missiya tashkil etishga kelishib oldi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh senatori Stiv Deyns bilan uchrashuvda ma’lum qilindi.

Mazkur muzokaralar 5-noyabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tdi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasida, xususan, savdo va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.

Prezident Mirziyoyevning ta’kidlashicha, bugungi kunda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar yuqori darajaga ko‘tarilgan: savdo aylanmasi o‘smoqda, yirik amerikalik kompaniyalar bilan yangi qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. So‘nggi oylarda ikki davlat rekord miqdorda shartnomalar imzoladi va hozirgi tashrif davomida yangi iqtisodiy kelishuvlar kutilmoqda.

Prezident shuningdek, AQSh Senatida Markaziy Osiyo bo‘yicha Kokus faoliyatining ahamiyatini ta’kidlab, ikki tomonlama tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagani uchun amerikalik tomonlarga minnatdorlik bildirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Montana shtati biznesi O‘zbekistonga keladi