date

24 dekabr kuni barcha hududlarda ob-havo qanday bo‘ladi?

24 dekabr kuni barcha hududlarda ob-havo qanday bo‘ladi?

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 24 dekabr kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Osmon o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda tuman kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo ochiq-o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 3–8 m/s. Harorat kechasi 1 daraja sovuqdan 1 daraja iliqqacha, kunduzi 6–8 daraja iliq.

Toshkent viloyatida ham yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 5–10 daraja iliq.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Ba’zi hududlarda tuman ehtimoli bor. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Kechasi 1–6 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja iliq.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi havo 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi esa 7–12 daraja iliq bo‘ladi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo ochiq-o‘zgaruvchan. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 5–7 daraja sovuq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 7–12 daraja iliq havo saqlanadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 3–8 daraja iliq.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo ochiq bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 8–13 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja sovuq havo saqlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 24 dekabr kuni barcha hududlarda ob-havo qanday bo‘ladi?