
«O‘zgidromet» 24 dekabr kuni mamlakat hududlarida kuzatiladigan ob-havo prognozi bilan o‘rtoqlashdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, deyarli barcha hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo tumanli sovuq saqlanib qoladi.
Toshkent shahrida tun va ertalab tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharq tomondan yengil esadi. Kechasi havo salqin bo‘lib, kunduzi 6–8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi manfiy ko‘rsatkichlarga tushib, kunduzi mo‘tadil iliq saqlanadi.
Markaziy hududlar — Toshkent viloyati, Sirdaryo, Samarqand va Jizzaxda ham tuman ehtimoli bor. Ba’zi joylarda tungi sovuq kuchayishi mumkin, kunduzi esa 5–10 daraja iliq bo‘ladi.
Janubiy viloyatlar — Qashqadaryo va Surxondaryoda kunduzi nisbatan iliq ob-havo saqlansa, Farg‘ona vodiysi hududlarida harorat biroz past bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda esa ancha sovuq kuzatiladi: kechasi 8–13 darajagacha sovib, kunduzi ham manfiy harorat saqlanishi mumkin.
Mutaxassislar haydovchilar va aholini tumanli ob-havoda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda. Qish o‘z so‘zini ayta boshladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.