O'zbekistonda ta'lim xarajatlari 30 trillion so'mdan oshdi

2025-yilning yanvar-oktabr oylarida O'zbekiston aholisi ta'lim xizmatlariga 30,4 trillion so'm sarflagan. Bu haqda Davlat statistika qo'mitasi xabar berdi.
Bu ko'rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizga ko'proqni tashkil qildi. Ta'lim xizmatlari mamlakatdagi umumiy bozor xizmatlarining 3,7 foizini egalladi.
Xarajatlarning asosiy qismi oliy ta'lim xizmatlariga to'g'ri kelgan bo'lib, ularning ulushi umumiy ta'lim xizmatlari hajmining 46,6 foizini tashkil etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing