O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

O‘zgidromet ma’lum qilishicha, 2026 yil 21–26 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratidagi o‘zgarishlar sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud. Shu bois mutaxassislar aholi va yo‘lda yuradiganlardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.
Ogohlantirishga ko‘ra, qor ko‘chishi xavfi quyidagi hududlarda yuqori bo‘lishi mumkin:
-Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
-Surxondaryo viloyatining Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
-Samarqand viloyatining Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
-Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin tumanlarida;
-Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (ayniqsa Chotqol tizmasi tog‘lari atrofida);
-Namangan viloyatining Pop tumanida.
O‘zgidromet, ayniqsa, tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li yo‘llarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini oldindan ko‘rish, xavfli yo‘nalishlarda harakat qilmaslik yoki xavfsizroq yo‘lni tanlashni tavsiya qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!