date

"Yuventus" Mourinoning "Benfika"sini ishonchli hisobda taslim etdi

"Yuventus" Mourinoning "Benfika"sini ishonchli hisobda taslim etdi

Yevropa Chempionlar ligasining 7-turida Turinning "Yuventus" klubi o‘z maydonida Portugaliyaning "Benfika" klubini qabul qildi va 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Kefren Tyuram-Ulen 55-daqiqada turinliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 64-daqiqada Ueston Makkenni jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi va g‘alabasini ta’minladi.

Yuventus — Benfika 2:0

Gollar: Tyuram (55), Makkenni (64).

Foydalanilmagan penalti: Pavlidis (81).

Yuventus — Di Gregorio, Kalulu, Bremer, Kelli, Kambiyazo (Kabal, 70), Lokatelli (Kopmeyners, 87), Tyuram, Makkenni, Miretti (Konseysau, 46), Yildiz (Kostich, 82), Devid (Openda, 70).

Benfika — Trubin, Dedich, Araujo, Otamendi, Dal, Barreyro, Eursnes, Prestianni (Rego, 77), Sudakov (Barrenechea, 69), Shelderup (Ivanovich, 69), Pavlidis.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Yuventus" Mourinoning "Benfika"sini ishonchli hisobda taslim etdi