date

Yulduz Usmonovaning “Layli” qo‘shig‘i qisqa fursatda rekord o‘rnatdi (audio)

Yulduz Usmonovaning “Layli” qo‘shig‘i qisqa fursatda rekord o‘rnatdi (audio)

Xonanda Yulduz Usmonova o‘zining YouTube kanali orqali “Layli” nomli yangi qo‘shig‘ini tinglovchilarga taqdim etdi. Mazkur tarona taqdim etilganiga atigi uch kun bo‘lganiga qaramasdan, qisqa vaqt ichida 500 mingdan ortiq marotaba tinglanib, katta qiziqish uyg‘otdi.

Qo‘shiq ostida 500 dan ortiq iliq va samimiy izohlar qoldirilgan bo‘lib, muxlislar san’atkorning navbatdagi ijodiy ishini yuqori baholamoqda. Ayniqsa, taronaning musiqasi va mazmuni ko‘pchilikka manzur bo‘lgani izohlardan yaqqol seziladi

Hozircha “Layli” qo‘shig‘i uchun klip suratga olinmagan. Shunga qaramasdan, tinglovchilar orasida ushbu qo‘shiqqa albatta videoklip ishlanishi kerakligi haqidagi fikrlar ham ko‘p uchramoqda. Muxlislarning bunday faol qo‘llab-quvvatlashi esa taronaning yanada ommalashishiga xizmat qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonovaning “Layli” qo‘shig‘i qisqa fursatda rekord o‘rnatdi (audio)