date

Mahliyo Asqaraliyeva to‘yi kuni muhim imtihondan o‘tdi (video)

Mahliyo Asqaraliyeva to‘yi kuni muhim imtihondan o‘tdi (video)

Aktrisa Mahliyo Asqaraliyevaning to‘yi 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Aynan shu kuni Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etishi ham unga to‘g‘ri keldi. Bu esa, tabiiyki, aktrisa uchun oson kechmadi.

Aktrisaning aytishicha:

“Ancha yillardan beri Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga intilib kelayotgan edim. Biroq bu jarayon aynan to‘yim kuniga to‘g‘ri keladi, deb hech ham kutmagandim. Shunga qaramay, o‘zimni baxtli his qilyapman — hammasi yaxshilikka. Albatta, hayajon bor: to‘y, katta hayotga qadam, baxt… Har ikkala tomondan ham juda katta hayajon. Bu mukofotni qo‘lga kiritsam ham, kiritmasam ham, ushbu kun men uchun baribir unutilmas bo‘lib qoladi. Chunki to‘yim kuni Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti imtihoni bilan birga esda qoladi”.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Mahliyo Asqaraliyeva to‘yi kuni muhim imtihondan o‘tdi (video)