Bu hafta yana qor yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 19—23 yanvar kunlariga ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 19 yanvarda faqat Navoiy viloyatida va ertalab Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida biroz qor yog‘adi. 20 yanvarda faqat respublikaning janubiy-g‘arbiy hududlarida kechqurun yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 21—23 yanvar kunlari esa O‘zbekistonning katta qismida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi.
Haftaning birinchi yarmida harorat kechalari 3° sovuq—2° iliq, kunduzi 3—8° iliq atrofida bo‘ladi. Ikkinchi yarmidan boshlab harorat asta-sekin pasayadi: kechalari 2—7° sovuqqacha, kunduzi 2° sovuq—3° iliqqacha tushadi.
Qoraqalpog‘istonda hafta davomida kechalari 8—13° sovuq, kunduzi 0—5° sovuq, 23 yanvarga kelib kunduzi 3° iliqqacha bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin, 21—22 yanvarda ba’zi hududlarda shamol 13—18 m/s gacha kuchayadi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda 19—21 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi: kechalari 2° sovuq—1° iliq, dushanba-seshanba kunduzi 3—6° iliq, 21 yanvar kuni 7—9° iliq bo‘ladi. 22—23 yanvarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir-qor yog‘adi: 22-yanvarda 0—2° iliq, 23-yanvarda kechasi 3—6° sovuq, kunduzi 0° atrofida bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.м
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!