Mirziyoyevga Trampdan xat: O‘zbekiston “Tinchlik kengashi”ga qo‘shiladimi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga AQSh Prezidenti Donald Trampdan Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlash va mojarolarni hal etishga qaratilgan xalqaro tashabbusga qo‘shilish bo‘yicha rasmiy taklif xati kelib tushdi. Mahalliy manbalarga ko‘ra, O‘zbekistonga yangi tuzilma — “Tinchlik kengashi” (Board of Peace / Peace Council)ga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklif etilgan.
Xatda aytilishicha, tashabbus 2025 yil 29 sentabrda e’lon qilingan G‘azo mojarosini tugatish bo‘yicha kompleks rejaga tayangan va u BMT Xavfsizlik Kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 2803-son rezolyutsiyasi bilan ma’qullangan.
Rejaga ko‘ra, “Tinchlik kengashi” uzoq muddatli tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’uliyatni bo‘lishishga tayyor mamlakatlarni birlashtirishni ko‘zlaydi. Reuters ham Tramp tashabbusi doirasida turli davlat rahbarlariga takliflar yuborilganini, tuzilma dastlab G‘azoga qaratilib, keyin kengayishi mumkinligini yozgan.
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, Prezident Mirziyoyev Trampga javob maktubini yo‘llab, O‘zbekiston ta’sischi sifatida qo‘shilishga tayyor ekanini bildirgan va bu tashabbusni mintaqadagi uzoq yillik nizolarni yumshatish hamda barqarorlikka xizmat qiladigan muhim qadam sifatida baholagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!