date

Uzbekistan Airways yangi yil uchun qo'shimcha reyslar yo'lga qo'yadi

Uzbekistan Airways yangi yil uchun qo'shimcha reyslar yo'lga qo'yadi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yangi yil bayramlari davrida ichki yo'nalishlarda qo'shimcha reyslarni amalga oshiradi. Kompaniya ma'lumotiga ko'ra, dekabr va yanvar oylarida Toshkentdan Nukus, Buxoro, Urganch, Termiz va Namanganga reyslar yo'lga qo'yiladi.

Toshkent — Nukus — Toshkent yo'nalishidagi HY015/016 reyslari 28–31 dekabr kunlari hamda 4, 9 va 11 yanvar kunlari amalga oshiriladi. Shu yo'nalishda qo'shimcha HY011/012 reyslari esa 3 va 10 yanvar kunlari bajariladi.

Toshkent — Buxoro — Toshkent yo'nalishidagi HY023/024 reyslari 28–31 dekabr kunlari, shuningdek, 3, 4, 9, 10 va 11 yanvar kunlari amalga oshiriladi. Toshkentdan Urganchga HY059 reyslari 28–31 dekabr kunlari, qaytish reyslari (HY060) esa 3, 4, 9, 10 va 11 yanvar kunlari bajariladi.

Namangan — Toshkent — Namangan yo'nalishidagi HY092/091 reysi 9 yanvarga rejalashtirilgan. Toshkent — Termiz — Toshkent yo'nalishidagi HY069/070 reyslari 30 dekabr va 10 yanvar kunlari amalga oshiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Uzbekistan Airways yangi yil uchun qo'shimcha reyslar yo'lga qo'yadi