date

Xorijliklar o‘zbek so‘mini yoqib, olovida tamaki tutatishgani ma’lum bo‘ldi

Xorijliklar o‘zbek so‘mini yoqib, olovida tamaki tutatishgani ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijlik fuqarolar tomonidan O‘zbekiston milliy valyutasi — so‘mga nisbatan hurmatsiz munosabat aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kadrlarda ayrim shaxslar 2 ming so‘mlik banknotni olovga tutib, undan sigaret yoqib, kulib turgani tasvirlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu video WeChat ijtimoiy tarmog‘ida «Kichik Se» nomli akkaunt orqali tarqatilgan. Kun.uz manbasining xabar berishicha, videoda aks etgan shaxslar Toshkent viloyatida joylashgan korxonalardan birida faoliyat yuritayotgan xitoylik ishchilar hisoblanadi.

Kadrlarda milliy valyutaga nisbatan bunday munosabat foydalanuvchilar o‘rtasida keskin norozilik uyg‘otdi. Ko‘plab fuqarolar bu harakatni nafaqat axloqiy jihatdan qabul qilib bo‘lmas, balki qonunga zid deb baholamoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, davlat ramzlariga hurmatsizlik jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Jinoyat kodeksining 215-moddasida O‘zbekiston yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat ramzlariga nisbatan hurmatsizlik qilish uchun jarima, majburiy jamoat ishlari yoki axloq tuzatish ishlari kabi jazo choralari belgilangan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston milliy valyutasida davlat gerbi ramzi aks etgan bo‘lib, unga nisbatan bunday munosabat qonun doirasida alohida baholanadi. Ayni holat bo‘yicha mutasaddi idoralar tomonidan huquqiy baho berilishi kutilmoqda.

Jamoatchilik esa ushbu holatga nisbatan aniq va qat’iy choralar ko‘rilishini talab qilmoqda. Bu kabi harakatlar nafaqat milliy qadriyatlarga, balki mamlakat qonunlariga ham hurmatsizlik sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijliklar o‘zbek so‘mini yoqib, olovida tamaki tutatishgani ma’lum bo‘ldi