date

Surxondaryoda yangi loyihalar va 9 ming ish o‘rni

Surxondaryoda yangi loyihalar va 9 ming ish o‘rni
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-dekabr kuni Surxondaryo viloyatini rivojlantirish, ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. So‘nggi sakkiz yilda viloyatga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilindi va 4 mingta sanoat korxonasi ishga tushirildi. Sanoat hajmi ikki barobarga oshib, joriy yilda 17,2 trillion so‘mga yetishi kutilmoqda.

Kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha ham ijobiy natijalar qayd etildi: joriy yilda 126 ming oila kambag‘allikdan chiqarilishi, kambag‘allik darajasi 9,3 foizdan 5,6 foizgacha pasayishi kutilmoqda. “To‘palang” suv ombori orqali viloyatdagi 2 million aholining ichimlik suv muammosi hal etildi.

Shu bilan birga, viloyat sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar va turizm sohalarida boshqa hududlardan ortda qolmoqda. Meva-sabzavot eksporti past, mehmonxonalar soni esa yetarli emas. Shu sababli kelgusi yilda qazilma konlari va turizm salohiyatini ishga solish bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshiriladi.

Yig‘ilishda viloyat hokimi yangi loyihalarni taqdim etdi. Davlat rahbari yo‘llarni ta’mirlash, uy-joy qurish va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, drayver loyihalar uchun ajratiladigan mablag‘ va 9 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish rejasi belgilandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Surxondaryoda yangi loyihalar va 9 ming ish o‘rni