6 986
O‘zbekistonda ish haqlari o‘z vaqtida berilishini nazorat qilish choralari ko‘riladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ishtirokida 2017-2019 yillar uchun mo‘ljallangan bosh kelishuv imzolandi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Kelishuvni hukumat nomidan bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva, xodimlar tashkilotlari nomidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi raisi Qudratilla Rafiqov, respublika ish beruvchilar birlashmalari nomidan – O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxov imzolagan.
Bosh kelishuv respublikada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni umumiy tamoyillarini belgilaydi. Shuning uchun ushbu hujjat asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilingan.
"Mehnatga haq to‘lash, aholining real daromadlari va turmush darajasini ko‘tarish masalalarida ilk bor yalpi ichki mahsulot tarkibida mehnat haqi ulushini 30 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda saqlab turish, eng kam ish haqi miqdorini belgilash bo‘yicha uch tomonlama maslahatlashuvlar o‘tkazish xususida kelishib olindi", deyilgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi sayti xabarida.
Mehnatga haq to‘lashni tartibga solishda va ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashda jamoa kelishuvlari va shartnomalarining rolini oshirishga, ish haqidan qonunchilikda ko‘zda tutilmagan ushlab qolishlarga yo‘l qo‘yilmasligiga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadga muvofiq deb qabul qilingan. Tomonlar eng kam mehnat haqi standartlariga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shuningdek mehnatga haq to‘lash fondining tarif qismi va tarifga qo‘shimcha qismi o‘rtasidagi maqbul nisbatni davlat tomonidan va jamoa shartnomalari vositasida o‘rnatilishini ta’minlash zarurligini tan olishgan.
Bundan tashqari, mehnat bozorini rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish masalalarida barqaror ish haqini va havfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlovchi doimiy ish o‘rinlari, ayniqsa qishloq joylarida yaratilishiga, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilarini, mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan shaxslarni hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining boshqa toifalarini ishga joylashtirishga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq deb topilgan.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirilishi, yosh mutaxassislarni o‘z ish o‘rinlarida qo‘nimliligi uchun ish beruvchilar mas’uliyatini oshirish, yuridik shaxslarning tugatilishi va qayta tashkil etilishi natijasida bo‘shatib olingan xodimlarning qonuniy huquq va manfaatlariga rioya etish, mehnat migrasiyasini huquqiy tartibga solish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish ustuvor vazifalar hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi