date

Uzbekistan Airways aviachiptalarga 20% chegirma e’lon qildi!

Uzbekistan Airways aviachiptalarga 20% chegirma e’lon qildi!
Uzbekistan Airways 11.11 aksiyasi doirasida yo‘lovchilar uchun katta yangilik joriy etdi — aviachiptalarga 20 foizgacha chegirma beriladi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, 11 noyabrdan 18 noyabrgacha iqtisodiy klassdagi parvozlar uchun chiptalarni tarifdan 20 foizgacha arzon narxda sotib olish mumkin bo‘ladi. Aksiya O‘zbekistondan amalga oshiriladigan barcha yo‘nalishlarga, shu jumladan borish va qaytish reyslariga ham taalluqli.

Yo‘lovchilar chiptalarni Uzbekistan Airways'ning rasmiy sayti — booking.uzairways.com, mobil ilovasi, rasmiy savdo shoxobchalari yoki agentlar orqali xarid qilishlari mumkin.

Kompaniya ta’kidlashicha, chegirma faqat tarifga taalluqli bo‘lib, soliqlar, yig‘imlar va qo‘shimcha to‘lovlar avvalgi tartibda saqlanib qoladi.

Aviakompaniyaning bu tashabbusi yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish va mamlakat ichidagi hamda xalqaro parvozlarga talabni yanada oshirishni maqsad qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Uzbekistan Airways aviachiptalarga 20% chegirma e’lon qildi!