
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra 38 069 116 nafarga yetgani ma’lum qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi rasmiy axborot tarqatdi.
Statistikadan ko‘rinib turibdiki, mamlakatda aholisi nisbatan oz bo‘lgan tuman va shaharlar ham mavjud. Quyida eng kam aholi soniga ega bo‘lgan TOP-10 hudud yangilangan tartibda taqdim etilmoqda:
G‘ozg‘on shahri – 9 429 nafar,
Tomdi tumani – 15 199 nafar,
Shirin shahri – 19 421 nafar,
Qorovulbozor tumani – 20 608 nafar,
Bo‘zatov tumani – 21 810 nafar,
Yangiobod tumani – 30 449 nafar,
Mo‘ynoq tumani – 34 065 nafar,,
Konimex tumani – 36 922 nafar,
Taxtako‘pir tumani – 38 871 nafar,
Uchquduq tumani – 39 937 nafar.
Ma’lumotlar mamlakat bo‘ylab demografik tarkib, aholi zichligi va hududlarning rivojlanish darajasini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.