date

Uz-Hanwoo Andijondagi zavodni 43,1 mlrd so'mga sotib oldi


Andijondagi avtomobil rulini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Auto Fortis zavodi xususiylashtirildi. Ushbu korxonani Uz-Hanwoo kompaniyasi xarid qilgani E-auksion ma'lumotlaridan ma'lum bo'ldi.

Bitim yakunida zavod 43,1 milliard so'mga baholandi. Uz-Hanwoo korxonani sotib olish jarayonida boshlang'ich narxdan 27,4 foiz yuqori mablag' taklif qilib, savdolarda g'olib chiqdi.

Xususiylashtirish shartlariga ko'ra, kompaniya zavodning amaldagi faoliyat yo'nalishini kamida o'n yil davomida saqlab qolishga majbur. 2010 yilda tashkil etilgan ushbu Andijon zavodi endilikda Uz-Hanwoo bilan birlashadi.

Avvaldan hududda ishlab kelayotgan Uz-Hanwoo yangi bitim orqali avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Uz-Hanwoo Andijondagi zavodni 43,1 mlrd so'mga sotib oldi