date

O‘zbekiston va Pokiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Pokiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda The Express Tribune nashri xabar bermoqda.

Ushbu masala Pokiston-O‘zbekiston hamkorligiga bag‘ishlangan sakkizinchi sessiya davomida muhokama qilingan. Pokiston bosh vazirining sanoat va ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha maxsus yordamchisi Harun Axtar Xonning ta’kidlashicha, aviaqatnovlar savdo imkoniyatlarini oshiradi va O‘zbekistonga Fors ko‘rfazi hamda Yevropa o‘rtasida yangi bog‘lovchi bo‘lish uchun salohiyat yaratadi.

U qo‘shimcha qilganicha, Pokiston hukumati tegishli idoralar va aviakompaniyalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni tezroq yo‘lga qo‘yish hamda ularning muntazamligini ta’minlash vazifasini bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Pokiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi