09:40 / 19.07.2019
3 122

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?


O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?
Respublika Gidrometeorologiya markazi 20 - 23 iyul kunlari bo‘yicha ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 iyulda 24-29 daraja, 23 iyulda 22-27 daraja, kunduzi 20 iyulda 40-45 daraja, 21-22 iyulda 36-41 daraja, ba’zi joylarda 43-44 darajagacha, 23 iyulda 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-22 iyulda kechasi 24-29 daraja, ba’zi joylarda 30-32 darajagacha, kunduzi 40-45 daraja, 23 iyulda kechasi 25-30 daraja, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 20-22 iyulda 38-43 daraja, 23 iyulda 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-22 iyulda kechasi 24-29 daraja, ba’zi joylarda 30-32 darajagacha, kunduzi 40-45 daraja, 23 iyulda kechasi 25-30 daraja, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 20-22 iyulda 37-42 daraja, 23 iyulda 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?