06:39 / 21.08.2019
3 490

O‘zbekistonda oltin eksporti so‘nggi besh yildagi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi

O‘zbekistonda oltin eksporti so‘nggi besh yildagi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi
O‘zbekiston oltin eksportini keskin ravishda oshirdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga tayanib, Daryo xabar berdi.
Yanvar oyidan iyulga qadar O‘zbekiston boshqa mamlakatlarga 3,4 milliard dollarlik oltin sotgan. O‘tgan yilning xuddi shu davrida ushbu ko‘rsatkich 1,5 milliard dollarni tashkil etgan. O‘sish 2,2 barobarga teng.

So‘nggi besh yil ichida oltin eksporti bir necha barobarga oshgan. 2015 yilda eksport hajmi 823,9 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda — 738,2 milliard dollar, 2017 yilda esa 1,6 milliard dollarga yetgan.

O‘zbekiston o‘z oltinlarini narx-navoning oshishi fonida ko‘proq sotmoqda — iyun oyida oltin fyucherslari unsiyasi uchun 1397,7 dollarga oshgan (bu kabi holat oxirgi marta 2013 yilda sodir bo‘lgan).

Iyul oyida eksport ham sezilarli oshgan, iyun yakuni bo‘yicha 2 milliard dollarlik oltin sotilgan bo‘lsa, bir oydan so‘ng, ushbu ko‘rsatkich 1,4 milliard dollarga ko‘proqni tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda oltin eksporti so‘nggi besh yildagi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi