Respublika Gidrometeorologiya markazi 31 avgust - 3 sentyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba’zida esa 23-25 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 31 avgustda 12-17 daraja, 1-3 sentyabrda 10-15 daraja iliq, kunduzi 31 avgust-2 sentyabrda 22-27 daraja, 3 sentyabrda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 avgustda kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq, 1-3 sentyabrda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 1 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 31 avgustda 15-20 daraja, 1-3 sentyabrda 12-17 daraja iliq, kunduzi 31 avgustda 27-32 daraja, 1-2 sentyabrda 23-28 daraja, 3 sentyabrda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 31 avgustda 15-20 daraja, 1-3 sentyabrda 13-18 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 2 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 avgust-1 sentyabrda kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq, 2-3 sentyabrda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 31 avgustda va 3 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 1-2 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 avgustda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 1-3 sentyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi