Gidrometeorologiya xizmati markazi 29—31-oktabr va 1-noyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 29 va 31-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30-oktabr va 1-noyabrda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-30-oktabrda ba’zi joylarda 15—20 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-oktabrda kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 20—25 daraja issiq, 30—31-oktabr va 1-noyabrda kechasi 2—7 daraja, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, 29-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30-oktabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, 31-oktabr va 1-noyabrda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 30—31-oktabrda ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7—12 daraja iliq, kunduzi 29—30 oktabrda 20—25 daraja, 31-oktabrda 18—23 daraja issiq, 1-noyabrda 15—20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30—31-oktabr va 1-noyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 30—31-oktabrda ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-oktabrda 5—10 daraja, 30—31-oktabr va 1-noyabrda 7—12 daraja iliq, kunduzi 29—31-oktabr 20—25 daraja issiq, 1-noyabr 15—20 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 29-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30—31-oktabrda va 1-noyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 30—31-oktabrda ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9—14 daraja iliq, kunduzi 29—31-oktabrda kunduzi 23—28 daraja, 1-noyabrda 18—23 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30-oktabrda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 31-oktabrda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5—10 daraja iliq, kunduzi 29—31-oktabrda 20—25 daraja, 1-noyabrda 18—23 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 30—31-oktabrda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 30—31-oktabrda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2—7 daraja, kunduzi 29—31-oktabrda 12—17 daraja, 1-noyabrda 7—12 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi