09:23 / 03.01.2022
1 836

O‘zbekistonda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etiladi

O‘zbekistonda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etiladi
Nufuzli xalqaro ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etish rejalashtirilmoqda.

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etilib, 2022/2023 o‘quv yilda 200 nafar talaba qabul qilinadi. Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan 8 nafar professor jalb etiladi, 16 nafar mahalliy professor-o‘qituvchilarning malakasi oshiriladi.

Respublika hududlarida o‘rmonlar maydonini kengaytirish va o‘rmon fondi yerlaridan samarali foydalanish ham ko‘zda tutilgan. Bunda, Orol dengizining suvi qurigan tubi hamda Orolbo‘yi hududlarida 200 ming gektar maydonda himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi.

Xususan, saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklarining 100 gektarda niholxonalari tashkil etiladi, o‘rmon fondining tog‘ va tog‘oldi hududlarida 2,2 ming gektar maydonda yong‘oqmevalilar, shundan, 1,5 ming gektar pista, 600 gektar bodom, 120 gektar maydonda yong‘oq plantatsiyalari barpo qilinadi.

Chorvoq suv ombori atrofidagi hududlarda himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi. Toshkent-Bo‘stonliq avtomobil yo‘li chetlarini ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Sug‘oriladigan yerlarni eroziyadan va melioratsiya ob’ektlarini qum ko‘chishidan saqlash maqsadida 2,5 ming gektar maydonda ihota daraxtzorlarini barpo etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. O‘rmon fondi yerlarida 100 mln dona nihol va ko‘chat yetishtiriladi, o‘rmon fondi yerlarida dorivor o‘simliklar plantatsiyalari maydonlari 4 984 gektarga yetkaziladi.

Bundan tashqari, o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi. O‘rmon kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi. Bunda, davlat o‘rmon fondi yerlarida o‘rmonlardan foydalanish, o‘rmon fondini kengaytirish tartibga solinadi, o‘rmon fondi yerlarini ijaraga berish, jumladan, investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berish munosabatlari takomillashtiriladi, davlat o‘rmon xo‘jaliklarini boshqarish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi, o‘rmon xo‘jaliklarini tashkil etish, yer maydonlari chegaralarini belgilash va o‘zgartirishlar kiritish qayta ko‘rib chiqiladi. O‘rmonlarni qo‘riqlash va muhofaza qilish mexanizmi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etiladi