date

Belgiya Toshkentda elchixonasini ochadi — Markaziy Osiyo bilan yangi sahifa

Belgiya Toshkentda elchixonasini ochadi — Markaziy Osiyo bilan yangi sahifa

Belgiya Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Toshkent shahrida o‘z elchixonasini ochadi, deb xabar berdi mamlakat tashqi ishlar vaziri Maksim Prevo.

Tashqi siyosiy idoraning ma’lum qilishicha, Belgiya Markaziy Osiyoni strategik muhim hudud sifatida ko‘rib, mintaqadagi ishtirokini kuchaytirishni milliy manfaatlar doirasida ko‘rmoqda.

“Diplomatik vakolatxonalar tarmog‘i — xalqaro maydonda Belgiyaning hamkorligi va manfaatlarini himoya qilishda hal qiluvchi omil. Zamonaviy geosiyosiy sharoitda bu tarmoq yanada faol va samarali bo‘lishi shart”, — dedi Prevo.

Qirollik Tashqi ishlar vazirligi bayonotida ta’kidlanishicha, Transkaspiy koridori orqali Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan yangi logistika yo‘nalishlari aynan O‘zbekiston ishtirokida shakllanmoqda. Belgiya bu jarayonda o‘z vaqtida va faol qatnashishni strategik investisiya deb biladi.

Mutaxassislarning fikricha, elchixona ochilishi Belgiyaga mintaqadagi siyosiy-iqtisodiy jarayonlarni yaqindan kuzatish, hamkorlik imkoniyatlarini erta aniqlash va xavflarni baholash imkonini beradi.

Bu qaror O‘zbekiston bilan Yevropa davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Belgiya Toshkentda elchixonasini ochadi — Markaziy Osiyo bilan yangi sahifa