O‘zgidromet tezkor ogohlantirish berdi

5–7-noyabr kunlari Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkin. Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarining Chotqol tog‘ tizmasidagi 2000 metrdan yuqori hududlari xavfli deb baholangan. Fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyot choralariga amal qilish hamda xavfli hududlarga yaqinlashmaslik so‘ralgan.
Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, 5–7-noyabr kunlari Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida haroratning keskin o‘zgarishi sababli qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkin.
Xususan, Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari, ya’ni Chotqol tog‘ tizmasidagi 2000 metrdan yuqori hududlar xavfli deb baholangan.
Fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyot choralariga amal qilish, xavfli hududlarga yaqinlashmaslik so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kuchli shamollar kuzatilishi mumkinligi haqida ham oldindan ogohlantirgan edi.






























Izohlar 0
…