
Shimoliy Amerikaning eng nufuzli musobaqalaridan biri sanalgan MLS yaqin yillarda o‘z tarixidagi eng katta o‘zgarishlardan birini amalga oshiradi. Liga rasman ma’lum qilganidek, 2027/28 yilgi mavsumdan boshlab musobaqa an’anaviy “bahor–kүz” emas, balki Yevropa futbolida keng qo‘llaniladigan “kүz–bahor” tizimida o‘tkaziladi.
Ushbu o‘zgarish jarayoni 2027-yil fevral–may oylari oralig‘ida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu vaqt mobaynida MLS rahbariyati yangi taqvimga moslashish, jamoalarning logistikasi, qatnashuvchilari va transfer oynalari bilan bog‘liq masalalarni birma-bir hal qilib borishlari kutilmoqda.
Liga 2027/28 yilgi muntazam mavsumning yangilangan formati keyinroq ommaga taqdim etilishini ma’lum qildi. Ayniqsa pley-off bosqichida ham targ‘ibotlar bo‘lishi ehtimoli sport jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otdi — ayrim tahlilchilar bu MLS tarixidagi eng intrigalisi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.
MLS komissioneri Don Garber bu o‘zgarishlarni liga uchun strategik qadam sifatida baholadi:
“Taqvimni qayta ko‘rib chiqish — biz qabul qilgan eng muhim qarorlardan biri. Yangi tizim jamoalarimiz raqobatbardoshligini oshirishga, transferlar oynasidan unumli foydalanishga va global bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu Shimoliy Amerika futboli uchun yangi davrning boshlanishi bo‘ladi”, — dedi Garber.
Aslida ushbu qaror bir necha yildan beri muhokamada edi. MLS jamoalari Yevropa klublari bilan transfer masalalarida, yangi futbolchilarni olib kelishda va yoshlar siyosatida muammolarga duch kelayotgani sir emas. Mavsumning Yevropa taqvimiga yaqinlashishi esa bu jarayonlarni osonlashtirishi aniq.
Shuningdek, yangi tizim muxlislar uchun ham qulay bo‘lishi mumkin — ayniqsa xalqaro musobaqalar va kontinentlararo taqvimlar bilan uyg‘unlik ta’minlansa, MLS jamoalarining xalqaro maydondagi ishtiroki ham yaxshilanadi.
Qisqasi, MLS 2027-yildan boshlab mutlaqo yangi qiyofada namoyon bo‘ladi. Muttaxassislarning fikricha, ushbu o‘zgarish ligani jahon futbolida raqobatchi kuchga aylantirishda muhim omil bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.