date
views 344

Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Professional boksda super og‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi kim ekanligi aniq bo‘ldi.
 
Hamyurtimizning jangi joriy yilning 17 fevral kuni Saudiya Arabistonida Oleksandr Usik va Tayson Fyuri jangi oqshomi doirasida o‘tkaziladi. Unga chernogoriyalik bokschi Dilan Prashovich raqib bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, chernogoriyalik bokschi professional faoliyati davomida 17 ta jang o‘tkazib, 14 marotaba g‘alaba qozongan va 3 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan. Bahodir Jalolovning rekordi esa 14-0. U barcha janglarini nokaut bilan yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi