date

SpaceX Starlink terminallaridagi navigatsiya funksiyasini olib tashlamoqda

SpaceX Starlink terminallaridagi navigatsiya funksiyasini olib tashlamoqda

SpaceX kompaniyasi Starlink foydalanuvchi terminallari orqali koordinatalarni aniqlash imkonini beruvchi yashirin funksiyani yopishga qaror qildi. ArsTechnica xabariga ko‘ra, 2026-yil 20-maydan boshlab antenna joylashuvi haqidagi ma’lumotlar mobil ilovaning Debug Data bo‘limidan butunlay olib tashlanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Garchi bu funksiya rasman navigatsiya vositasi sifatida taqdim etilmagan bo‘lsa-da, tadqiqotchilar va ishqibozlar undan pozitsiyani aniqlash, navigatsiya va vaqtni sinxronlashtirish uchun foydalanib kelishgan. GPS signallari sun’iy ravishda to‘sib qo‘yilgan yoki soxtalashtirilgan sharoitlarda Starlink ancha barqaror muqobil variant bo‘lib xizmat qilgan.

Past orbitadagi sun’iy yo‘ldoshlar guruhi an’anaviy GNSS-tizimlariga qaraganda kuchliroq signalga ega va ularni bostirish qiyinroq. Bundan tashqari, ikki tomonlama aloqa va yo‘naltirilgan antennalar tizimni spufing (soxtalashtirish) hujumlariga nisbatan chidamliroq qiladi.

Hozirgi vaqtda Starlink aniqlik bo‘yicha GPS bilan raqobatlasha olmaydi, chunki uning standart aniqlik darajasi taxminan 10 metrni tashkil etadi. Shunga qaramay, ilmiy guruhlar signallarni qo‘shimcha qayta ishlash orqali koordinatalarni bir necha metrgacha aniqlik bilan hisoblash mumkinligini isbotlashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » SpaceX Starlink terminallaridagi navigatsiya funksiyasini olib tashlamoqda