
Yakshanba oqshomida Ispaniya futbolida roʻy bergan asosiy voqealar, oʻyinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat boʻyicha muhim ma'lumotlar bilan mazkur maqola orqali bilib olasiz.
«Atletik» — «Valyadolid» 7:1
Gollar: Xauregisar (10), N.Uilyams (35, 66), Sannadi (43), Sanset (45+2), Guruseta (69), I.Uilyams (87).
«Atletik» — Unai Simon, Berchiche, Paredes, Vivian, De Markos (Lekue, 75), Vesga, Xauregisar (Ruis de Galarreta, 64), Niko Uilyams (Kanales, 68), Sanset (Berenger, 68), Inyaki Uilyams, Sannadi (Guruseta, 64).
«Valyadolid» — Heyn, Kandela (Machis, 46), Peres, Torres, Aydu (Jemert, 65), Sanches, Chuki (Moro, 46), Yurich, Martin (Grillich, 61), Silla, Markos Andre (Nikicher, 68).
Ogohlantirishlar: Martin (44), Yurich (46).
Chetlatish: Yurich (56), Vivian (79), de Galarreta (84).
Aytish mumkinki, Ispaniyada hozirda chempionlik uchun kurashayotgan «katta uchlik», «Atletik» va boshqa jamoalar bor. Ernesto Valverde Bilbaodagi faoliyati bilan yaxshi taassurot qoldirmoqda. Basklar tomoshabop oʻyin koʻrsatmoqda, «Valyadolid»ga qarshi oʻyin esa Niko Uilyamsning benefisiga aylandi. Yakshanba kuni mezbonlar ettitadan ham koʻproq gol urishi mumkin edi, ammo hakam mehmonlarga rahm qilib, oʻyinni 90-daqiqadan oldinroq ham tugatib yubordi. Oʻynalgan vaqt davomida esa mezbonlar 16 bor darvoza sohasiga toʻgʻri borgan zarba yoʻllashdi. Ispaniya chempionatida bunday koʻrsatkich 2023 yil aprelidan beri qayd etilmagandi, oʻshanda xuddi shu «Valyadolid» «Real» tomonidan oʻqqa tutilgandi (17 ta zarba).
«Real» — «Jirona» 2:0
Gollar: Modrich (41), Vinisius (83).
«Real» — Kurtua, Vaskes, Alaba (Kamavinga, 73), Asensio, Mendi, Chuameni, Modrich (Ryudiger, 85), Dias (Seballos, 73), Vinisius (Endrik, 90), Rodrigo, Mbappe.
«Jirona» — Gassaniga, Lopes, Kreychiy, Blind, Martines, Romeu (Romero, 66), Martin (Xil, 66), Gutiyerres (Miovski, 75), Van de Bek (Artur, 56), Tsigankov, Danjuma (Asprilya, 66).
Ogohlantirishlar: Kreychiy (64), Romero (70).

«Real»ning navbatdagi oʻyini arafasida madridliklar 39 yoshli Modrich bilan shartnomani 2026 yil yoziga qadar uzaytirmoqchi ekani haqida xabar tarqaldi. Yoshi tufayli koʻpchilik tomonidan allaqaachon pensiyaga yuborilgan Luka esa hali yana bir bor jahon chempionatida oʻynamoqchi. Hozircha bu insayd qanchalik toʻgʻri ekani noma'lum, ammo xorvatiyalik futbolchi toʻxtamoqchi emasligi koʻrinib turibdi.
Qolaversa, uning «Jirona» darvozasiga uzoq masofadan aylantirib yoʻllangan aniq zarbasi — 2025 yil boshidan buyon toʻrtinchisi boʻldi. Bu raqamni yanada aniqroq baholash uchun bu oldingi ikki yilda urilgan shunday gollar sonidan ikki baravar koʻpligini keltirish mumkin. Modrich sermahsullik boʻyicha Vinisius Junior bilan bir xil koʻrsatkich qayd etmoqda, braziliyalik vinger la ligada 2024 yil 9 noyabrdan buyon gol urmayotgandi (uning jamoa safidagi oxirgi goliga ham bir oy boʻldi — EChLning asosiy bosqichida «Zalsburg»ga qarshi oʻyinda). U golsiz seriyasiga 83-daqiqada Mbappe bilan kombinatsiyadan keyin barham berdi va oʻyin taqdirini hal qildi.
25-turda kuchli uchlikdagi barcha jamoalar uchtadan ochko jamgʻardi, bunaqasi esa doim ham kuzatilmaydi. Keyingi turda buni takrorlash oson boʻlmaydi: «Real»ni «Betis»ga qarshi oʻyin kutmoqda, «Barselona» — «Sosedad», «Atletiko» — «Atletik» bilan oʻynaydi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar