date

Vivo X500 Pro Max eng yaxshi kameraphon bo'lishga da'vogar

Vivo X500 Pro Max eng yaxshi kameraphon bo'lishga da'vogar

Mashhur insayder Digital Chat Station ma'lumotlariga ko'ra, yangi Vivo X500 turkumi uch xil o'lchamdagi displey variantlari bilan taqdim etiladi. Standart Vivo X500 modeli 6,59 dyuymli ekran bilan jihozlanishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Vivo X500 Pro modeli esa 6,37 dyuymli ekranga ega bo'ladi. Ushbu qurilma o'zining o'lchamlari bilan iPhone 18 Pro smartfoniga raqobatchi sifatida pozitsiyalanadi. Vivo X500 Pro Max flagmani esa 6,85 dyuymli yirik displey bilan jihozlanishi rejalashtirilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Vivo X500 Ultra modeli 2027-yilning birinchi yarmida taqdim etilishi mumkin va u Pro Max versiyasi bilan bir xil ekran o'lchamiga ega bo'lishi kutilmoqda. Avvalroq GSMA IMEI bazasida Vivo X500, X500 Pro va X500e modellari qayd etilgan edi.

Eslatib o'tamiz, avvalgi avlod vakili Vivo X300 Pro DxOMark reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Shu sababli, yangi Vivo X500 Pro modeli smartfonlar orasida eng yaxshi kamera imkoniyatlarini taqdim etish bo'yicha yetakchilikka da'vogarlik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Vivo X500 Pro Max eng yaxshi kameraphon bo'lishga da'vogar