Xiaomi 17 Max rasman eʼlon qilindi: 200 MP kamera va 8000 mA/soat sig‘imli batareya

1 daqiqa o'qish244
Xiaomi 17 Max rasman eʼlon qilindi: 200 MP kamera va 8000 mA/soat sig‘imli batareya

Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangi Xiaomi 17 turkumiga mansub Xiaomi 17 Max smartfonining ilk rasmiy tasvirlarini namoyish etdi. Garchi taqdimotning aniq sanasi hali ma’lum qilinmagan bo‘lsa-da, qurilma may oyida keng jamoatchilikka ko‘rsatilishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi smartfon Leica bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ilg‘or kamera tizimi bilan jihozlanadi. Qurilma qora, ko‘k va oq ranglarda taqdim etiladi, uning dizayni ustida esa Redmi jamoasi ishlagan. Xiaomi ushbu modelni yirik formatdagi flagmanlar sinfida yangi standart sifatida taqdim etmoqda.

Texnik xususiyatlarga ko‘ra, smartfon Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori, 1,5K aniqligidagi 6,9 dyuymli ekran va 200 hamda 50 megapikselli sensorlarga ega kamera bilan jihozlanadi. Shuningdek, qurilmaga ultratovushli barmoq izi skaneri, suvdan to‘liq himoya tizimi va rekord darajadagi 8000 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?