date

Birinchi osmon stadioni Saudiya Arabistonida quriladi

Birinchi osmon stadioni Saudiya Arabistonida quriladi
Saudiya Arabistoni dunyodagi birinchi "osmon stadioni" — NEOM Stadium qurilishini e'lon qildi. Ushbu stadion The Line shahrida, yer sathidan 350 metr balandlikda joylashadi. Bu haqda Gulf News xabar berdi.

Stadion 46 ming tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, quyosh va shamol energiyasida ishlaydigan tizimlar bilan jihozlanadi. 

FIFA loyihani ekologik barqarorligi sababli dastlabki ma'qullashni berdi. Qurilish 2027 yilda boshlanib, 2032 yilga kelib yakunlanishi rejalashtirilgan.

Balandligi va iqlim sharoitlari tufayli qurilish texnik jihatdan murakkab bo‘ladi. Shunga qaramay, rasmiylar 2034 yilgi Jahon chempionatiga qadar stadionni tayyorlashga umid qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda stadionning noodatiy dizayni keng muhokama qilinmoqda. Foydalanuvchilar loyihadan hayratda ekanliklarini bildirgan, ammo uning muhandislik jihatidan ishonchliligiga shubha bildirishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Birinchi osmon stadioni Saudiya Arabistonida quriladi