date

Shahmat Olimpiadasida onalar uchun loyiha qaytmoqda


FIDE 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Shahmat Olimpiadasida ChessMom loyihasini qayta ishga tushiradi. Ushbu loyiha professional onalar-shahmatchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, ular uchun bola parvarishi va sport faoliyatini muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirish imkonini yaratadi.

Loyiha doirasida ishtirokchilar farzandi va unga hamrohlik qiluvchi shaxs bilan birga Olimpiadaga kelishlari uchun moliyaviy yordam oladi. 2026-yilgi Olimpiadada ikki yoshgacha bo‘lgan farzandlarga ega onalar ishtirok etishi mumkin.

FIDE yuqori reytingga ega bo‘lgan o‘nta shahmatchini qo‘llab-quvvatlaydi, shu jumladan har bir qit’adan kamida bitta ishtirokchi tanlanadi. Dastur doirasida hamrohlik qiluvchining aviachiptalari uchun 1000 yevrogacha bo‘lgan xarajatlar qoplanadi.

Bola va hamrohlik qiluvchi shaxs rasmiy delegatsiya a’zolari sifatida turar joy va ovqatlanish xarajatlari bilan ta’minlanadi. Arizalarni milliy federatsiyalar va shahmatchilar topshirishlari mumkin.

Arizalarda shahmatchi, bola va hamrohlik qiluvchi haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, o‘yinchi va federatsiya tomonidan yozilgan xatlar talab etiladi. ChessMom loyihasining birinchi versiyasi 2024-yilda Budapeshtda o‘tgan Olimpiadada amalga oshirilgan edi.

Unda dunyoning turli davlatlaridan oltita onalar-shahmatchi qo‘llab-quvvat olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahmat Olimpiadasida onalar uchun loyiha qaytmoqda