
Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Kassiano Kiala asosiy jamoa safida ilk o'yinini o'tkazdi. 16 yoshli futbolchi Bundesliganing "Xaydenxaym"ga qarshi bahsida uchrashuv yakunida zaxiradan maydonga tushdi.
O'yin "Bavariya"ning 4:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Bayern & Germany ma'lumotiga ko'ra, Kiala 16 yosh 344 kunligida Bundesligada "Bavariya" uchun debyut qilgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi.
Bu boradagi rekord esa 16 yosh 15 kunligida maydonga tushgan Paul Vannerga tegishli. Kassiano Kiala 2009 yil 11 yanvarda tug'ilgan.
Angola ildizlariga ega germaniyalik futbolchi o'tgan yil yozida Berlinning "Gerta" klubidan "Bavariya" akademiyasiga ko'chib o'tgandi. Istiqbolli markaziy himoyachining Germaniyaning eng ko'p sovrin yutgan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.