date

Garri Keyn Bundesligada Robben rekordini yangiladi


Garri Keyn "Bavariya"ga "Haydenhaym" ustidan yirik hisobdagi g'alabada yordam berdi va Bundesligada navbatdagi rekordni o'rnatdi. Myunxen klubi uchrashuvda 4:0 hisobida zafar quchdi, angliyalik hujumchi esa bir gol muallifiga aylandi.

32 yoshli futbolchi Bundesligadagi 78-o'yinidayoq 100 ta samarali harakat (81 gol va 19 assist) ko'rsatkichiga yetdi. ESPN xabariga ko'ra, 2004/05 mavsumidan beri yuritilayotgan statistik hisob-kitoblarga tayanilsa, Keyn Germaniya chempionati tarixida ushbu marraga eng tez yetgan futbolchi bo'ldi.

U avvalgi rekordchi Arjen Robbendan o'zib ketdi: niderlandiyalik futbolchiga 100 ta samarali harakatga erishish uchun 119 o'yin kerak bo'lgan. Eslatib o'tamiz, Keyn "Bavariya"ga 2023 yil yozida "Tottenhem"dan o'tgan.

Joriy Bundesliga mavsumida u 19 gol va 3 assist qayd etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn Bundesligada Robben rekordini yangiladi