De Rossi: So'nggi daqiqadagi gol yuragimni tilka-pora qildi

De Rossi: So'nggi daqiqadagi gol yuragimni tilka-pora qildi
A Seriyaning yakshanba kungi so'nggi uchrashuvida “Atalanta” safarda “Jenoa”ni dramatik tarzda mag'lub etdi. Mehmonlar g'alaba golini bahsning so'nggi daqiqasida urdi.

“Biz bir kishi kam bo'lib qolganimizga qaramay, sherday kurashdik. Har bir futbolchi ikki kishining ishini qildi.

Butun jamoa himoyada juda yaxshi o'ynadi va men ular bilan faxrlanaman. So'nggi daqiqada o'tkazib yuborilgan gol yuragimni tilka-pora qildi”, — dedi “Jenoa” bosh murabbiyi, “Roma”ning sobiq futbolchisi Daniele De Rossi.

Uning so'zlarini calcioatalanta.it keltirdi. Ayni paytda “Jenoa” A Seriya turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar