
2025 yil 1 noyabr, 22:36 — La Liganing 11-turida "Atletiko Madrid" o'z maydonida "Sevilya"ni 3:0 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratdi. Diego Simeone jamoasi butun o'yin davomida o'zaro kelishilgan holda harakat qilib, to'liq ustunlikni qo'lga kiritdi.
Birinchi bo'limdayoq mezbonlar bir necha xavfli vaziyat yaratdi, ammo Nikolas Gonsales ikki bora gol urish imkoniyatini boy berdi. Ikkinchi bo'limda "matraschilar" bosimni kuchaytirishdi.
64-daqiqada Nyanzu qo'polligi tufayli hakam penalti belgiladi va Xulian Alvares zarbani aniq amalga oshirdi — 1:0. Mehmonlar javob qaytarishga urinishdi, biroq oradan ko'p o'tmay madridliklar ustunlikni oshirishdi.
77-daqiqada Alamada Simeonening uzatmasidan so'ng tezkor hujumni gol bilan yakunladi — 2:0. "Sevilya" juda charchagan ko'rindi va birorta ham xavfli hujum uyushtira olmadi.
Yakuniy daqiqalar to'liq mezbonlarning nazoratida o'tdi. 90-daqiqada Antuan Grizmann uzoq burchakka pastki zarba yo'llab, so'nggi nuqtani qo'ydi — 3:0.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar