
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Bishkek shahrida bo'lib o'tgan jangovar sambo bo'yicha jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan rossiyalik sportchi Shayx-Mansur Xabibulayevning ishtirokiga munosabat bildirdi. 64 kilogrammgacha vazn toifasidagi final bahsida Xabibulayev o'zbekistonlik sportchi Oybek Soliyevni ishonch bilan mag'lubiyatga uchratib, yetti karra jahon chempioni bo'ldi.
"Bizning aka-ukamiz Shayx-Mansur yana bir bor Chechenistonning sambo maktabi dunyodagi kuchlilardan biri ekanini isbotladi. Uning yutug'i nafaqat Checheniston Respublikasi, balki butun Rossiya uchun faxrdir", — deb yozdi Qodirov o'zining Telegram-kanalida.
Shuningdek, Qodirov sportchining murabbiylar shtabiga o'z minnatdorchiligini bildirdi va o'zbekistonlik kurashchining yuqori darajadagi tayyorgarligini e'tirof etdi. "Chempionimizni ushbu ulkan muvaffaqiyati bilan tabriklayman.
Baraka va kuch-quvvat tilayman!", — deya qo'shimcha qildi u. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar