
“Uyda yolg‘iz” filmining 35-yilligi munosabati bilan Disney+ AQSHning Los-Anjeles shahrida kino tarixidagi eng mashhur uylardan birining ulkan “gingerbread”, ya’ni shirin xamirdan tayyorlangan nusxasini barpo etdi. Loyiha nafaqat bayram kayfiyatini ulashdi, balki jahon rekordi bilan ham tarixga kirdi.
Ma’lum qilinishicha, inshoot to‘liq “gingerbread”dan yasalgan bo‘lib, muz bilan qoplangan uyning balandligi 8 metr, uzunligi esa 18 metrga teng. U rasman Ginnesning rekordlar kitobiga tarixdagi eng katta “gingerbread” uy sifatida kiritildi. Uy dizayni Home Alone filmidagi Kevin Makkalister uyini yodga soladi.
Disney+’ning brend strategiyasi va marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Zak Jerom ushbu tashabbus haqida shunday dedi: “Disney+ butun dunyo bo‘ylab bayram mavsumining ajralmas qismiga aylangan filmni shu tarzda nishonlayotganidan mamnunmiz”.
Qurilish jarayonida 2,59 tonna un, 4 200 dan ortiq tuxum, 4 400 dona “gingerbread” g‘ishtlari, 800 ta tom plitkalari, 75 litrdan ortiq yeyiladigan yelim hamda qariyb 9 kilogramm fondant ishlatilgan. Tashrif buyuruvchilar uchun filmda mashhur bo‘lgan Prins St. Pizzaning “A Lovely Cheese Pizza” taomini tatib ko‘rish imkoniyati ham yaratildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.