
"Paxtakor" va O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev ushbu qishda erkin agent sifatida Rossiyaning "Krilya Sovetov" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Sport24 nashri xabar bermoqda.
Nashrning ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar shaxsiy kelishuv tafsilotlarini muhokama qilishmoqda va yakuniy qarorga yaqinlashgan. Joriy mavsumda Sergeev O‘zbekiston chempionatida 28 o‘yinda 19 ta gol urib, so‘nggi tur oldidan to‘purarlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda.
Milliy terma jamoa safida esa 32 yoshli hujumchi 81 o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol kiritgan. "Krilya Sovetov" — Rossiya Premer-ligasida ishtirok etuvchi Samaradan chiqqan futbol klubi.
Ayni paytda jamoa turnir jadvalining o‘rtasida joylashgan. Oxirgi o‘yinda "Krilya Sovetov" "Rostov"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.