date

Gladilin «Barselona» va «Real» finalida favorit yo‘qligini aytdi

Gladilin «Barselona» va «Real» finalida favorit yo‘qligini aytdi

Mashhur murabbiy Valeriy Gladilin Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona» hamda «Real» o‘rtasida bo‘ladigan uchrashuv haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, «el klasiko»da aniq favorit yo‘q — sovrin uchun kurashda ikki jamoaning imkoniyati deyarli teng.

«Buni oldindan aytish juda qiyin. Hozir ikkala jamoa ham yaxshi holatda. Shuning uchun o‘z darvozasi oldida kamroq xato qilgan va raqib maydonida vaziyatlarini unumli ishlatgan tomon g‘alaba qozonadi», — deya Gladilinning so‘zlarini «Match TV» keltirdi.

«Barselona» va «Real» Ispaniya Superkubogi finalida 11-yanvar kuni 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) maydonga tushadi. Jiddadagi bahsni matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.

O‘tgan yil yanvarida «Barselona» Superkubok finalida «Real»ni 5:2 hisobida mag‘lub etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gladilin «Barselona» va «Real» finalida favorit yo‘qligini aytdi