date

Tether kompaniyasi "Yuventus"ni sotib olishni taklif qildi

Tether kompaniyasi "Yuventus"ni sotib olishni taklif qildi

12 dekabr kuni Tether kompaniyasi Exor xoldingiga "Yuventus" futbol klubidagi ulushini sotib olish bo‘yicha majburiy taklifni taqdim etdi. Bitim Exor ulushining to‘liq 65,4 foizlik aksiyalar paketini naqd pul orqali sotib olishni nazarda tutadi.

Agar kelishuv tartibga soluvchilar tomonidan ma’qullansa, Tether qolgan aksiyalarni ham xuddi shu narxda sotib olish uchun ommaviy taklif e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Kompaniya bitimni o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishini ma’lum qildi.

Tether bosh direktori Paolo Ardoino "Yuventus"ni nafaqat sport aktiv sifatida, balki global miqyosda tan olingan italyan sport an’analari ramzi sifatida ko‘rishini ta’kidladi. U kompaniya klubni uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash va uning barqaror rivojlanishiga investitsiya kiritishga tayyor ekanligini aytdi.

Bayanotga ko‘ra, bitim yakunlanganidan so‘ng, Tether klubning sport va infratuzilma rivojlanishi uchun 1 milliard yevrogacha mablag‘ ajratishni rejalashtirgan. Bitimning yakuniy amalga oshishi Exor roziligi, yakuniy hujjatlarning imzolanishi va tegishli tartibga soluvchi idoralarning ruxsatidan keyin bo‘ladi.

Shundan so‘ng, Tether minoritar aksiyadorlar uchun majburiy tender taklifini boshlashni mo‘ljallamoqda. Tether kompaniyasi dunyodagi eng yirik USDT stablkoinining emitenti sanaladi.

USDT asosan kriptovalyuta hisob-kitoblari va markazlashmagan moliyaviy xizmatlarda ishlatiladi. Kompaniya o‘zini barqaror balansga ega uzoq muddatli investor sifatida ko‘rsatib, global infratuzilma loyihalariga e’tibor qaramoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tether kompaniyasi "Yuventus"ni sotib olishni taklif qildi