date

Shomurodov va Fayzullayev kechagi o‘yinda qanday statistika qayd etdi?

Shomurodov va Fayzullayev kechagi o‘yinda qanday statistika qayd etdi?

Nuri Shaxin boshchiligidagi «Istanbul Bashakshehir» Turkiya Superligasining 16-turida «Samsunspor»ga qarshi safar bahsida ishonchli o‘yin namoyish etib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuvda o‘zbekistonlik futbol muxlislarining e’tibori, tabiiyki, ikki hamyurtimiz — Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayevga qaratildi.

Bellashuvda jamoa sardori Eldor Shomurodov haqiqiy yetakchi sifatida ko‘rindi. Hujumchi 87 daqiqa davomida maydonda harakat qilib, bir gol va bir assist muallifiga aylandi. Eldor nafaqat natijali harakatlari, balki faolligi, pressingi va raqib himoyachilariga bosim bilan ham jamoasi o‘yiniga katta hissa qo‘shdi.

Statistikaga nazar tashlasak, Shomurodov 4 marta zarba berib, shularning 3 tasini darvoza tomon yo‘naltirdi. Uning kutilgan gol ko‘rsatkichi (xG) 0.53 ni tashkil etdi, assist bo‘yicha esa 0.03. Eldor to‘p bilan 41 marta muloqot qildi va paslar aniqligi 86 foizni tashkil etdi. Shuningdek, u raqibdan 6 marta to‘pni olib qo‘yib, himoyada ham jamoasiga yordam berdi. E’tiborli jihati — raqib futbolchilari Eldorni dribling orqali biror marta ham ortda qoldira olmadi.

Abbosbek Fayzullayev esa uchrashuvni 67-daqiqaga qadar o‘tkazdi. Yosh futbolchi ko‘proq kombinatsion o‘yinda faol bo‘lib, to‘p bilan 45 marta ishladi. U 1 marta zarba yo‘llab, uni aniq amalga oshirdi. Kutilgan gol ko‘rsatkichi 0.11 bo‘ldi. Paslar bo‘yicha Fayzullayev 74 foiz aniqlik qayd etdi va yakuniy uchinchi hududga 2 ta uzatma berdi.

Abbosbek himoyada ham o‘zini ko‘rsatib, 6 marta to‘pni olib qo‘ydi va 1 ta tozalashni amalga oshirdi. Havodagi yakkakurashlarda esa 67 foiz samaradorlik ko‘rsatdi.

Umuman olganda, «Istanbul Bashakshehir»ning ushbu g‘alabasida Eldor Shomurodov hal qiluvchi figura bo‘lgan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullayev jamoaviy o‘yinda o‘z hissasini qo‘shdi. Bu bahs yana bir bor o‘zbek futbolchilarining Turkiya Superligasida munosib o‘rin egallayotganini ko‘rsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shomurodov va Fayzullayev kechagi o‘yinda qanday statistika qayd etdi?