
«Everton» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng «Chelsi» bosh murabbiyi Entso Mareska kutilmagan bayonot bilan chiqdi. Mutaxassis klubdagi faoliyati davomida qo'llab-quvvatlash yetishmagani sababli «eng og'ir 48 soat»ni boshidan kechirganini aytgandi.
Dushanba kuni jurnalistlar undan ushbu so'zlariga aniqlik kiritishni so'rashdi. Mareska esa mavzuni davom ettirishni istamadi.
«Men hammasini aytib bo'lganman, qo'shimcha qiladigan gapim yo'q. Iltimos, «Kardiff»ga qarshi o'yin haqida gaplashaylik.
Boshqalar fikriga hurmat bilan qarayman, lekin qo'shimcha aytadiganim yo'q. Men ertangi uchrashuvga e'tibor qaratganman.
Biz shunday davrda yashayapmizki, har kim o'ylaganini ayta oladi», dedi Mareska. Shuningdek, u o'z ishiga sodiqligini ta'kidladi: «Ishga sodiqmanmi?
Ha, mutlaqo». Seshanba kuni «Kardiff Siti» va «Chelsi» Liga kubogi chorak finalida o'zaro bahs olib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.