date

Saida Mirziyoyeva: Ayollar va bolalar himoyasida murosasiz yondashuv zarur

Saida Mirziyoyeva: Ayollar va bolalar himoyasida murosasiz yondashuv zarur

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 15-dekabr kuni mas’ul rahbarlar ishtirokida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashni kuchaytirish, shuningdek, erta homiladorlik sabablari va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish o‘tkazdi. Uchrashuvda jamiyat uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan muammolar ochiq va keskin muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva o‘z chiqishida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonun qabul qilgan ilk davlat ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, bolalarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun javobgarlik ham sezilarli darajada kuchaytirilgani qayd etildi. Biroq bu qadamlar bilan cheklanib qolish mumkin emasligi, amalda yanada samarali mexanizmlar zarurligi alohida urg‘u bilan aytildi.

«Zo‘ravonlik holatlariga qarshi tezkor va ishonchli chora ko‘radigan samarali tizimni ishlab chiqish kerak», — dedi u. Ta’kidlanishicha, ko‘p hollarda haqiqiy vaziyat ko‘zga tashlanmaydi, ko‘p narsa yashiriladi. Statistik ma’lumotlarni ochiqlashdan qo‘rqish, jamoatchilik tanqidi va obro‘ga putur yetishidan xavotirlanish muammoni yanada chuqurlashtiradi.

Saida Mirziyoyeva mas’ul rahbarlarni bu kabi yondashuvdan voz kechishga chaqirib, ochiqlik va mas’uliyatsiz hech qanday ijobiy natijaga erishib bo‘lmasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tanqidni qabul qilish va muammolarga ko‘z yummasdan qarash — haqiqiy islohotlar uchun zarur shart.

«Zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurash, ayollar va bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish faqat shiorlarda emas, amalda namoyon bo‘lishi shart. Inson taqdiri har qanday statistikadan ming karra muhimroq», — deya yozdi Saida Mirziyoyeva.

Bu bayonot davlat siyosatida inson qadri, ayniqsa eng himoyaga muhtoj qatlam — ayollar va bolalar manfaatlari ustuvor ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Mutaxassislar fikricha, aynan shu kabi qat’iy va ochiq pozitsiya jamiyatda zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Saida Mirziyoyeva: Ayollar va bolalar himoyasida murosasiz yondashuv zarur