
2026 yilda AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga qur’a tashlandi. O‘zining ilk mundialida ishtirok etadigan O‘zbekiston "K" guruhida joy olib, Kolumbiya va Portugaliya bilan bahs olib boradi. Guruhdagi to‘rtinchi jamoa esa saralash bosqichidan keyin ma’lum bo‘ladi.
Mashhur "Casablanca Sports" nashrining kolumbiyalik jurnalistlari O‘zbekiston terma jamoasi va uning raqiblari haqida qiziqarli fikrlar bildirishdi. Ular Portugaliya bilan bir guruhdan o‘rin olganlarini eng muhim voqea sifatida ta’kidladi, chunki bu jamoalar hozirga qadar o‘zaro o‘ynashmagan.
Shuningdek, O‘zbekistonga ham qiziqish bildirildi. Jurnalistlar, O‘zbekiston terma jamoasining bosh murabiyi Fabio Kannavaro 3-4-2-1 taktikasida muvaffaqiyatli ishlaydi va jamoaning dinamik o‘yin uslubi ularning asosiy kuchlaridan biri ekanini ta’kidladilar. Ularning fikricha, O‘zbekiston terma jamoasi katta natijalarga erishgan va Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi.
"Ko‘pchilik qiziqqan yana bir raqib bor — bu O‘zbekiston. Ularning bosh murabbiyi Fabio Kannavaro 3-4-2-1 taktikasiga juda mahorat bilan yondashadi va dinamik o‘yin uslubi bilan ajralib turadi. Bu tizim ularga Osiyoda katta natijalar bergan. Ular uzoq va biz uchun unchalik tanish bo‘lmagan mamlakat bo‘lishi mumkin, lekin futboli shiddat bilan rivojlanmoqda. "Oq bo‘rilar"ni Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri deyish xato bo‘lmaydi", — dedi jurnalistlar.
Jurnalistlar, shu bilan birga, O‘zbekistonning futboli shiddat bilan rivojlanib borayotganini va uning kelajakda katta muvaffaqiyatlarga erishish ehtimoli yuqori ekanini qayd etdilar. Mundial 2026 yilning 11 iyunida start oladi va ushbu kurrashlarda O‘zbekiston terma jamoasi yangi tarix yaratishga intilayotganini ko‘rsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.